Oltiariqda soliq qarzdorining avtomobili auksion savdosiga chiqarildi

Majburiy ijro byurosi Oltiariq tuman bo‘limi tomonidan davlat byudjetiga tushumlarni ta’minlash, soliq intizomini mustahkamlash hamda qarzdor fermer xo‘jaliklar faoliyatida qonuniylikni ta’minlash maqsadida tizimli chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Shu yo‘nalishdagi navbatdagi ijro harakati davomida A. V. K nomli fermer xo‘jaligining 130 million so‘m miqdoridagi soliq qarzi bo‘yicha ijro hujjati ijrosi amalga oshirildi.
Tuman bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan harakatlar natijasida xo‘jalik balansida mavjud bo‘lgan “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi aniqlanib, u qonuniy tartibda auksion savdosiga chiqarildi.
Mazkur chora davlat manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, qarzdorlikni o‘z vaqtida to‘lash zarurligini eslatish maqsadida amalga oshirildi.
Majburiy ijro byurosi Oltiariq tuman bo‘limi mas’ullari ta’kidlaganidek, hozirda hududda soliq, kredit va boshqa turdagi qarzdorliklarni undirish yo‘nalishida izchil ishlar olib borilmoqda. Qarzdorlikni o‘z vaqtida bartaraf etish — nafaqat qonun talabi, balki iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim omil sanaladi.
Majburiy ijro byurosi aholiga murojaat qilib, barcha fuqarolar va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlardan mavjud qarzdorliklarni o‘z vaqtida to‘lash hamda majburiyatlarni bajarmaslik oqibatida mol-mulk auksionga chiqarilishi mumkinligini eslatib o‘tadi.
Majburiy ijro byurosi Oltiariq tuman bo'limi boshlig'i
J.A.Dexqonov
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Xamid Olimjon mahalla fuqarolar yig‘inida hisobot yig‘ilishi



Ko‘chalar tekis, ariqlar ravon va mahalla obod bo‘ladi

Fuqarolar muammosiga echim — navbatdagi sayyor qabul





